08:00 / 13.07.2023
803

AQSH asosiy hamkor uchun kurashda Rossiyaga yutqazdi

AQSH asosiy hamkor uchun kurashda Rossiyaga yutqazdi

Vashington bilan hamkorlik qilishga tayyorlikka qaramay, Nyu-Dehli Moskva bilan asosiy hamkor va qurol-yarog‘ yetkazib beruvchilardan biri sifatida ishlashda davom etmoqda, deya yozadi Reuters.

So‘nggi 20 yil ichida Hindiston 60 milliard dollarga qurol-yaroq xarid qildi, shulardan qariyb 39 milliard dollari Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi”, - deyilgan maqolada.

“Rand Corporation” tahlilchisi Derek Grossman Hindiston QUAD tarkibiga kirishini (AQSH, Yaponiya va Avstraliya ham kiradi) eslatgan va bu G‘arb bilan aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashadi, biroq Hindistonning Rossiya bilan ko‘p yillik shartnomalarini aslo bekor qilmaydi. Tahlilchining fikricha, Qo‘shma Shtatlar Hindistonga taqdim etadigan harbiy texnika va texnologiya tanlovida ehtiyotkor bo‘ladi.

Nyu-Dehli garchi Vashington bilan hamkorlik qilishga niyat qilgan bo‘lsa-da, u Rossiya bilan mustahkam sherikchilikdan voz kechmaydi, deya xulosa qilgan nashr.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH asosiy hamkor uchun kurashda Rossiyaga yutqazdi
ePN