Sun’iy intellekt aktyorlarning raqamli qiyofasini ham «sotuvga» chiqarmoqda

Sun’iy intellekt aktyorlarning raqamli qiyofasini ham «sotuvga» chiqarmoqda

Aktrisa Eshli BeLoat o‘zi bosh rolni ijro etgan serialdan bir necha oy o‘tgach, xuddi shunga o‘xshash syujet asosida yaratilgan boshqa mikrodramaga duch kelgan. U serialni olib tashlash yoki kompensatsiya to‘lashni talab qilgan, ammo murojaatiga javob olmagan.

Bu voqea vertikal formatdagi mikrodramalar sohasida sun’iy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq yangi muammolarni ko‘rsatmoqda. AI texnologiyalari yordamida seriallarni avvalgidan tezroq va kamroq xarajat bilan ishlab chiqarish mumkin.

Biroq texnologiyaning keng qo‘llanilishi aktyorlarning qiyofasi va ovozidan ruxsatsiz foydalanish masalasini ham kun tartibiga olib chiqmoqda. Aktyorning raqamli obrazini yaratish va uni boshqa loyihalarda qo‘llash huquqi kimga tegishli bo‘lishi masalasi shular jumlasidandir.

Xitoyda esa bu yo‘nalishda yangi xizmatlar paydo bo‘lmoqda. Ular insonning raqamli qiyofasidan foydalanish huquqini litsenziyalash imkonini beradi.

Bunday modelda aktyor yoki boshqa shaxs o‘z raqamli obrazidan qaysi loyihalarda foydalanishga ruxsat berilishini o‘zi belgilaydi. Buning uchun esa haq oladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar