O‘zbekistonda ichki aviachiptalar narxi 20 foizgacha arzonlashdi

O‘zbekistonda ichki aviachiptalar narxi 20 foizgacha arzonlashdi

O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar uchun aviachiptalar narxi o‘rtacha 20 foizgacha pasaytirildi. Yangi tariflar 2026 yil 16 oktyabrdan amal qila boshlaydi.

Prezident topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan ichki aviatashuvlar bozori, amaldagi tariflar va narxlarni shakllantirish jarayoni o‘rganilgan.

Tashish xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar yuqori instansiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Shundan so‘ng Raqobat qo‘mitasi va «Uzbekistan Airways» AJ hamkorligida ichki yo‘nalishlar bo‘yicha tariflar qayta ko‘rib chiqildi.

Natijada 16 oktyabrdan ichki aviaqatnovlarda chiptalar narxi o‘rtacha 20 foizgacha kamaytirildi.

Qayd etilishicha, yangi tariflar aholi uchun ichki aviaqatnovlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, ichki turizmni rivojlantirish va hududlar o‘rtasida harakatlanishni osonlashtirishga qaratilgan.

Shuningdek, xizmat safarlari va shaxsiy tashriflarni rejalashtirishda yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar