06:30 / 14.07.2023
892

Putin: Ukrainaning NATO a’zosi bo‘lishi va Rossiyaning g‘alla bitimi bo‘yicha rejalari haqida

Putin: Ukrainaning NATO a’zosi bo‘lishi va Rossiyaning g‘alla bitimi bo‘yicha rejalari haqida

Ukrainaning NATO a’zosi bo‘lish ehtimoli Rossiya xavfsizligiga tahdid soladi, dedi Vladimir Putin 13 iyul kuni jurnalistlar savollariga javob berar ekan.

«Ukrainaning NATO a’zosi bo‘lishiga kelsak, ular bu haqda bir necha bor gapirishgan - bu Rossiya xavfsizligiga tahdid soladi. Ishonchim komil, bu Ukraina xavfsizligini mustahkamlamaydi, dunyoda ham qo‘shimcha taranglikni keltirib chiqaradi. Shu tufayli, bunda bir yaxshi jihatni ko‘rmayapman. Bu boradagi pozitsiyamiz allaqachon shakllangan va hammaga ma’lum», deb Interfax Putin so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

U, shuningdek, g‘alla bitimi haqida gapirib, Rossiya undagi ishtirokini to‘xtatib qo‘yishi mumkinligini va bu Rossiya qo‘ygan shartlar bajarilishi uchun zarur bo‘lgan vaqtgacha davom etishini aytdi.

«Hech narsa, shuni ta’kidlamoqchiman, umuman hech narsa qilinmadi. Bu bir tomonlama o‘yin. Rossiya Federatsiyasi manfaatlariga oid biror band ham bajarilmadi», dedi Putin.

«Ular bitimning Rossiya qo‘ygan shartlarini bajarsin, biz darhol unga yana qo‘shilamiz», dedi Putin va muddati 17 iyul kuni tugaydigan g‘alla bitimini qanday hal etish haqida o‘ylashini qo‘shimcha qildi.

«G‘alla bitimi» - Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT o‘rtasidagi Ukraina g‘allasini Qora dengiz portlaridan eksport qilish bo‘yicha tuzilgan kelishuv. Moskva uni muntazam tanqid qilib, to‘lov, tashish va sug‘urta cheklovlari g‘alla eksportiga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlab kelmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: Ukrainaning NATO a’zosi bo‘lishi va Rossiyaning g‘alla bitimi bo‘yicha rejalari haqida
ePN