date
views 297

Yevropada suv tanqisligi kuchayadi

Yevropada suv tanqisligi kuchayadi

Foto: Google Creative Common Licenses

Qurg‘oqchilik va noto‘g‘ri suv siyosati Yevropada suv tanqisligiga olib keladi va bu kelajakda yanada yomonlashadi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Yevropa Ittifoqida 1976 yildan 2006 yilgacha qurg‘oqchilik soni va intensivligi keskin o‘sgani, ulardan zarar ko‘rgan maydon deyarli 20 foizga oshgani aytilmoqda. 2020 yildayoq Jahon Resurslar instituti (WRI) 2030 yilga borib chuchuk suvga bo‘lgan talab 56 foizga oshishini taxmin qilgandi.

Biroq qurg‘oqchilik suv tanqisligiga olib keladigan yagona omil emas. Qishning salqinligiga va yetarli miqdorda yog‘ingarchilikka o‘rganib qolgan Yevropa siyosatchilari suv ta’minoti haqida kam qayg‘uradi.

“Yevropadagi suv rejimlarining aksariyati mo‘l-ko‘lchilik davridan qolgan, endi ularni isloh qilish kerak”, — dedi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakili Ksave Leflev.

Qolaversa, muammo Yevropaning quruq yerlari bilan cheklanib qolmaydi. EurEau atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotiga ko‘ra, yomon quvurlar tufayli Yevropa mamlakatlari o‘rtacha 25 foiz ichimlik suvini yo‘qotadi. Masalan, Rimda bu ko‘rsatkich 42 foizni tashkil qiladi. Chunki shaharning ba’zi kvartallarida suv ta’minoti tizimi Rim imperiyasi davridan beri saqlanib qolgan.

Shu bilan birga, Leflevning fikriga ko‘ra, yo‘qotishlarning optimal darajasi taxminan 10 foizni tashkil qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropada suv tanqisligi kuchayadi