date
views 221

Qirg‘iziston prezidenti kelajakni bashorat qilish qobiliyati borligini aytdi

Qirg‘iziston prezidenti kelajakni bashorat qilish qobiliyati borligini aytdi

Foto: kabar.kg

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega. Bu haqda u «Kabar» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Maqtanmoqchi emasman. Lekin 20-30 yildan keyin yurtimizda nima bo‘lishini va qaysi yo‘ldan borishini bashorat qilish qobiliyatim bor. Mening bashoratlarim doimo amalga oshadi. Bu qobiliyat menga Xudo tomonidan berilgan bo‘lsa kerak», dedi u.

Qirg‘iziston rahbari so‘zlariga ko‘ra, bunday qobiliyat aslida hammada bor.

«Aslida hammada shunday qobiliyat bor. Hozirgi vaziyatni hisobga olib kelajakni bashorat qilish mumkin.. Kecha mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligini nishonladik. Xudo xohlasa 100 yilligini ham nishonlaymiz», dedi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidenti kelajakni bashorat qilish qobiliyati borligini aytdi