date
views 169

Yangi Zelandiyada ayolning qornida unutib qoldirilgan tibbiy asbob 1,5 yildan so‘ng olib tashlandi

Yangi Zelandiyada ayolning qornida unutib qoldirilgan tibbiy asbob 1,5 yildan so‘ng olib tashlandi

Illustrativ foto: Getty Images

Yangi Zelandiyada jarrohlik amaliyoti paytida ayolning qornida qolib ketgan 17 santimetrlik asbob 1,5 yil o‘tib, olib tashlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Yangi Zelandiya Sog‘liqni saqlash vazirligining nazorat organi vakili Morag Makdauellning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilda jarrohlar kesarcha kesishdan keyin ayolning qornida 17 santimetrlik plastik retraktorni unutib qoldirishgan.

2021 yilda ayol tez yordam bo‘limiga og‘riq shikoyati bilan murojaat qilgan. Unga qorin sohasining kompyuter tomografiyasi buyurilgan, natijada begona jism aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, retraktor oldindan tuzilgan operatsiya uchun asboblar ro‘yxatida joy olmagani sababli unutilgan. Jarroh ro‘yxatdagi asbob juda kichik ekanini ko‘rib, undan ish payti foydalanishga qaror qilgan.

Shifokorlar bemordan yozma ravishda uzr so‘ragan. Ularga nisbatan qanday jazo qo‘llanilishi hozircha ma’lum emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiyada ayolning qornida unutib qoldirilgan tibbiy asbob 1,5 yildan so‘ng olib tashlandi