date
views 848

Ukraina Rossiyaning yirik desant kemasi va suvosti qayig‘ini yo‘q qildi

Foto: Telegram

Ukraina qurolli kuchlari 13-sentabrga o‘tar kechasi Sevastopolga raketa zarbasi berdi. Oqibatda Rossiyaning “Rostov-Don” dizel-elektr suvosti qayig‘i va “Minsk” yirik desant kemasi yonib ketdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi bir vaqtning o‘zida 10 ta qanotli raketalar bilan Sevastopoldagi nishonlarga hujum qilganini ma’lum qildi. Anneksiya qilingan shahar “gubernatori” Mixail Razvojayev ham Sevastopol dengiz zavodida yong‘in chiqqanini aytgan. 10 ta qanotli raketalardan 7 tasi tutib olingani ma’lum qilingan.

“Minsk” yirik desant kemasi haqida nima ma’lum?

Katta desant kemaning asosiy maqsadi qo‘shinlarni qirg‘oqqa tushirish yoki yuklarni tashishdan iborat. “Minsk” 2000-yilda Rossiya Boltiq floti tarkibiga kiritilgan. Rossiya Ukrainaga keng miqyosli bostirib kirishidan biroz oldin Qora dengizga bir nechta yirik desant kemalarini joylashtirgan.

Foto: Kemaga raketa zarbasi berilishidan oldingi va keyingi surati / Telegram

Ushbu kema quyidagi turdagi yuklarni tashishi mumkin:

  • 10 tank va 340 kishi;
  • 12 ta zirhli texnika va 340 kishi;
  • 3 ta tank, 3 ta o'ziyurar “Nona-S” artilleriya, 5 ta MT-LB harbiy mashiansi;
  • 4 ta yuk mashinasi va 313 kishi;
  • og‘irligi 480 tonnagacha bo‘lgan yuk.

Bundan tashqari, kemada 64 kilometrgacha masofani qamrab oladigan radioelektron uskunalar mavjud. Qurol sifatida kemada ikkita Grad-M otish moslamasi, 57 mm kalibrli AK-725 avtomatik ishga tushirish moslamasi yoki AK-176 va AK-630M mavjud.

Foto: Telegram

Kema korpusining uzunligi 112,5 metr va kengligi 15 metrni tashkil qiladi. “Minsk” Sevastopol dengiz zavodida bo‘lgan. “Rostov-Don” suvosti qayig‘i ham uning yonida joylashgan.

Foto:

“Rostov-Don” dizel-elektr suv osti qayig‘i

“Rostov-Don” 2014-yilda Rossiya Qora dengiz flotida xizmatga kirgan. Suv osti qayig‘ining qurollanishi:

  • 4 ta qanotli “Kalibr-PL” raketalari;
  • torpedalar;
  • minalar.

проект 636.3, подводная лодка Ростов-на-Дону, субмарина Ростов-на-Дону, российская подводная лодка, что известно о подлодке ростов на дону

Defense Express nashrining yozishicha, tarixda birinchi marta suv osti kemasini yo‘q qilish uchun qanotli raketalardan foydalanilgan. Ukraina rus suv osti kemalariga qarshi kurashish uchun standart imkoniyatlarga ega emas, shuning uchun rus suv osti kemasi ko‘rfazda yo'q qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Rossiyaning yirik desant kemasi va suvosti qayig‘ini yo‘q qildi