date
views 326

Putin farmoni: Rossiyada 130 ming kishi majburiy harbiy xizmatga chaqiriladi

Putin farmoni: Rossiyada 130 ming kishi majburiy harbiy xizmatga chaqiriladi

Foto: “TASS”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin muddatli harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, kuzda muddatli harbiy xizmatga 130 ming kishi tanlab olinadi. Unga 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, sog‘lig‘i bo‘yicha yaroqli va zaxirada bo‘lmagan fuqarolar chaqiriladi. Kuzgi chaqiruv 2023 yil 1 oktyabrda boshlanib, 31 dekabrda tugaydi.

Rossiya Qurolli Kuchlarining Bosh tashkiliy va safarbarlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vladimir Simlyanskiy harbiy xizmatga chaqiriluvchilar “yangi hududlarga” urushda qatnashish uchun yuborilmasligini aytdi.

Harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgach, ular zudlik bilan bo‘shatiladi va uyiga jo‘natiladi”, — dedi u.

1-oktyabrdan boshlab Rossiyada harbiy xizmatga chaqiruv bo‘yicha harbiy komissiyaga uzrsiz sababsiz kelmaganlik uchun jarima miqdori oshiriladi. Maksimal jarima miqdori 30 ming rublni (3 million 754 ming so‘m) tashkil qiladi. Tegishli qonunni 31 iyul kuni Vladimir Putin imzolagan.

  • 2023 yil bahorgi muddatli harbiy xizmatga 147 ming kishi chaqirilgan. Tegishli farmonni Putin 30 mart kuni imzolagan.
  • 2022 yili kuzgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv bir oy keyinroq — 1 noyabrdan boshlangan edi. O‘shanda 120 ming kishi harbiy xizmatga chaqirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin farmoni: Rossiyada 130 ming kishi majburiy harbiy xizmatga chaqiriladi