date
views 313

Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektoriga javob zarbalarini berishni boshladi

Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektoriga javob zarbalarini berishni boshladi

Foto: Getty Images

G‘azo sektoridan 7 oktyabr tonggida Isroil tomon o‘nlab raketalar uchirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Isroil armiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, mamlakat hozirda javob zarbalarini berishga kirishgan.

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galand zaxiradagi harbiylarning ommaviy safarbarligini eʼlon qilgan. U mamlakatning markaziy va janubiy qismlarida “alohida xavfsizlik holatini” joriy etish bo‘yicha topshiriq bergan.

Hududdagi shifokorlarning maʼlum qilishicha, G‘azo sektoridan raketa hujumlari oqibatida kamida 16 nafar isroillik yaralangan, ikki nafarining ahvoli og‘ir, bir ayol halok bo‘lgan.

G‘azo sektoridan jangchilar guruhlari Isroil hududiga kirib kelgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, gap mashinalarda ketayotgan o‘nlab qurollangan odamlar haqida ketmoqda. Ayrim aholi punktlarida ko‘cha janglari kuzatilgan. Keyinchalik hujumchilarning bir necha guruhi anklavga qaytib ketgan.

Falastinning HAMAS tashkiloti harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad Deyf hujumlardan so‘ng Isroilga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Ayrim manbalarga ko‘ra, hozirda 35 nafar Isroil harbiysi asirga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektoriga javob zarbalarini berishni boshladi