date
views 294

Isroil G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarni rad etdi

Isroil G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarni rad etdi

Foto: Reuters

24 oktyabr kuni BMT bosh kotibi, AQSH va Kanada Isroil tomonini G‘azoga gumanitar yordamni to‘siqsiz yetkazish imkoniyatini ta’minlash uchun mintaqani o‘qqa tutishni to‘xtatishga chaqirdi. Isroil barcha chaqirilarni rad etdi.

BMT bosh kotibi G‘azodagi vaziyatni “xalqaro insonparvarlik qonunchiligini buzish” deb atadi hamda Isroilni mintaqada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu mintaqaga insonparvarlik yordamini uzluksiz yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga imkon beradi, deb yozmoqda SkyNews.

Kanada va Qo‘shma Shtatlar vakillari ham G‘azoga suv, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berilishini talab qildi. Shu bilan birga, Amerika rasmiylari o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga chaqirmayapti, ular Isroil tomonidan G‘azoning tinch aholisiga yordam yetkazish uchun “gumanitar pauza” qilishni so‘ramoqda, deb yozadi Reuters.

SkyNews xabariga ko‘ra, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning HAMAS bilan jangovar harakatlarni to‘xtatish talablari fonida Isroilning BMTdagi elchisi uni iste’foga chiqishga chaqirmoqda.

G‘azo rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumlarida halok bo‘lganlar soni 5 700 kishini tashkil etadi. Xalqaro tashkilotlarning xabar berishicha, birgina so‘nggi bir necha kun ichida sektorda ikki ming bola halok bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarni rad etdi