Markaziy harbiy okrug guruhining Ka-52 “Alligator” hujum vertolyotlari Ukraina Qurolli kuchlarining Krasniy Liman yo‘nalishidagi uzoq muddatli tayanch punktini yo‘q qildi. Bu haqida RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
“Minimal balandlikda harakatlanib, Markaziy harbiy okrugning vertolyot uchuvchilari mashinalarni o‘t ochish chizig‘iga olib kelishdi va Ukraina Qurolli kuchlarining uzoq muddatli tayanch punktiga 80 millimetrlik boshqarilmaydigan aviatsiya raketalari bilan zarba berishdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, aviatsiya qurollaridan foydalanish vertolyotlar va hujum samolyotlariga xos bo‘lgan parvoz texnikasi (jangovar transport vositasining burni ufqdan yuqoriga ko‘tarilish) orqali amalga oshirildi.
Bu dushman havo mudofaasi tizimlari doirasiga kirmasdan raketaning parvoz masofasini oshirishga imkon beradi.