date
views 419

Rossiyada migrantlar ommaviy mushtlashdi (video)

Rossiyada migrantlar ommaviy mushtlashdi (video)

Foto: Videodan kadr

Sankt-Peterburgdagi Laxta markazi yaqinida migrantlar ommaviy mushtlashdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ommaviy mushtlashuvdan so‘ng 13 nafar muhojir politsiyaga olib ketilgan, mojaro maishiy muammolar tufayli avj olgan, deyiladi xabarda.

4 dekabr kuni kechqurun Laxta markazi yaqinida ishchilar o‘rtasida mojaro sodir bo‘lgan, voqea joyiga politsiya chaqirilgan, taxminlarga ko‘ra, mushtlashuvga kimdir kimnidir turtib yuborgani sabab bo‘lgan”, — dedi manba.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlar yo‘q.

Vaziyatga oydinlik kiritish uchun 13 kishi politsiyaga olib ketildi, ularning barchasi migrantlar. Hozir konflikt ishtirokchilarini aniqlash va ular bilan suhbatlashish choralari ko‘rilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi manba.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada migrantlar ommaviy mushtlashdi (video)