
Foto: Reuters
AQSHning Ayova shtati Perri shahridagi o‘rta maktabda otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda Amerika OAVlari xabar bermoqda.
Otishma oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgani, yana bir necha kishi yaralangani aytilmoqda.
Huquq-tartibot idoralari vakillari otishmani maktab o‘quvchilaridan biri sodir etgani va u keyinchalik o‘zini otib o‘ldirganini ma’lum qilishdi.
“Perri shahridagi otishma sodir bo‘lgan o‘rta maktabda ko‘plab huquq-tartibot idoralari xodimlari va tibbiyot xodimlari ishlamoqda”, — deyiladi Dallas okrugining Facebook'dagi sahifasida e’lon qilingan xabarda.
Voqea tufayli 5 yanvar, juma kuni Perri shahridagi uchta maktabda darslar bekor qilindi. AQSH prezidenti Jo Bayden Perridagi vaziyatni shaxsan kuzatib boradi, deya ma’lum qildi Oq uy matbuot kotibi.
   “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!    
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 