Turkiyaning Shonliurfa viloyatidagi maktabda otishma: 16 kishi yaralandi

Turkiyaning Shonliurfa viloyatidagi maktabda otishma: 16 kishi yaralandi
Qisqacha

Turkiyaning Shonliurfa viloyatidagi kasb-hunar va texnika litseyida sobiq o'quvchi tomonidan otishma sodir bo'ldi. Voqea natijasida 16 kishi jarohat oldi, ulardan to'rtasining ahvoli og'ir deb baholangan. Hujumchi 19 yoshli yigit bo'lib, u huquq-tartibot idoralari aralashganidan so'ng o'z joniga qasd qilgan. Hozirda hodisaning aniq sabablari bo'yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Foto: Hurriyet

Turkiyaning Shonliurfa viloyati Siverek tumanida joylashgan kasb-hunar va texnika litseyida og‘ir voqea — otishma sodir bo‘ldi. Hodisa mahalliy aholi va taʼlim tizimida katta shok uyg‘otdi.

“Hürriyet” nashri maʼlumotiga ko‘ra, qurollangan shaxs litsey hududiga ov miltig‘i bilan kirib kelgan va bino ichi hamda atrofida tartibsiz ravishda o‘t ochgan. Bu esa vaziyatni bir zumda nazoratdan chiqarib yuborgan.

Shonliurfa viloyati gubernatori Hasan Shildak bildirishicha, hodisa oqibatida jami 16 kishi turli darajada jarohat olgan. Shifokorlar ikki o‘qituvchi va ikki o‘quvchining ahvolini o‘rtacha og‘ir deb baholashgan.

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, hujumni amalga oshirgan 19 yoshli shaxs mazkur taʼlim muassasasining sobiq o‘quvchisi bo‘lgan. Uning niyati va motivlari hozircha aniqlanmagan.

Guvohlarning taʼriflashicha, u maktabning asosiy kirish eshigidan kirib, qo‘lidagi uzun stvolli qurol bilan avval tashqi hududga, so‘ngra esa bino ichiga qarata o‘t ocha boshlagan. U yo‘lida uchragan har qanday kishiga o‘q uzgani aytiladi.

Huquq-tartibot idoralari tezkor aralashuvidan so‘ng hujum qilgan shaxs o‘z joniga qasd qilgani xabar qilindi. Hodisaning aniq sabablari bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

Bu voqea yana bir bor taʼlim muassasalari xavfsizligi masalasini kun tartibiga olib chiqdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar