date
views 217

AQSH noma’lum uchar jismlar haqidagi hujjatlarni maxfiylikdan chiqarmoqchi

AQSH noma’lum uchar jismlar haqidagi hujjatlarni maxfiylikdan chiqarmoqchi
Foto: AP Photo
AQSH Kongressi 2023 yil oxirida noma’lum uchuvchi jismlar haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini bekor qiluvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda New York Times xabar berdi.
 
Keng muhokamalardan so‘ng qabul qilingan qonunga ko‘ra, so‘nggi 25 yil ichida “noma’lum anomal hodisalar, kelib chiqishi noma’lum texnologiyalar va insoniy bo‘lmagan intellekt”ga oid hujjatlar e’lon qilinishi mumkin.
 
Qabul qilingan noma’lum uchar jismlar haqidagi qonun loyihasi endilikda AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan tasdiqlanishi kerak. Bundan tashqari, qonun unga milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan ayrim materiallarni maxfiylikdan chiqarmaslik huquqini beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH noma’lum uchar jismlar haqidagi hujjatlarni maxfiylikdan chiqarmoqchi