© Sputnik / Ramil Sitdikov
Joriy yil 18 yanvar kuni Lavrov o‘tgan yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda qator rossiyalik va xorijiy jurnalistlar ishtirok etishdi.
Lavrov bayonotlarida bildirilgan asosiy fikrlar:
- YEOII faoliyati - Yevroosiyo mintaqasida integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan. Bu yo‘lda tashkilot SHHT va Xitoyning “Bir kamar bir yo‘l” tashabbuslari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor.
- Tolibon* o‘z va’dalarini bajarishi kerak. "Bu, birinchi navbatda - inklyuziv hukumat yaratish. Ikkinchi nuqta – bu shimoldagi Milliy qarshilik fronti bilan qandaydir ko‘priklar qurish kerak."
- G‘arb “zanjirlaridan” qutulish - Rossiyaning asosiy maqsadidir. Ya’ni, G‘arb tomonidan boshqariladigan barcha logistika va bank tizimi va boshqa sohalardagi zanjirlariga qaram bo‘lish zaruratidan xalos bo‘lish.
- Isroil va Falastin o‘rtasida faqat to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot kerak. Hozircha Qo‘shma Shtatlar, Isroil va ayrim arab davlatlari orasida "yarim yopiq" kelishuvlar bor xolos.
- Yamanni bombardimon qilish uchun hech qanday sabab yo‘q, Liviya bilan ham shunday edi. Vashingtonning o‘z harakatlarini oqlovchi bayonotlari – shunchaki achinarli ko‘rinadi.
- Ukraina mojarosi. G‘arb Moskva va Kevning to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotini istamaydi. Yetti yil oldin imzolangan Minsk shartnomalari amalga oshganida – mojaro hal bo‘lardi. Ikki yil odin ham Kiyev tinchlik shartnomasini imzolashga tayyor edi, lekin Boris Jonson bunga yo‘l qo‘ymadi. G‘arb tinchlikdan manfaatdor emas.
- Ozarbayjon-Armaniston mojarosi. Boku Yerevan bilan Moskvada tinchlik shartnomasi imzolashga tayyor, lekin Armaniston fikri noma’lum. Pashinyan hukumat boshiga kelmasdan oldin ushbu ikki davlat orasida hamma narsa tinchlik shartnomasi yo‘nalishida ketayotgan edi.
*Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar