437
Lavrov Rossiyaning Boltiqbo‘yi davlatlariga hujum qilishi haqidagi gap-so‘zlarni “absurd” deb atadi
Foto: Google Images
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arb siyosatchilarining Ukrainadagi harbiy mojaroda Rossiya Federatsiyasi g‘alaba qozonsa, Boltiqbo‘yi mamlakatlari “keyingi nishon bo‘lishi” mumkinligi haqidagi bayonotlarini "absurd" deb hisoblaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Rossiyaga “strategik mag‘lubiyat” yetkazish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish niyatida.
“Bunday bayonotlarning bema’niligi barchaga, tarixni zarracha biladigan va Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya bo‘yicha biz ochiq e’lon qilgan maqsadlarimizni tushunadigan har bir kishiga ayon. Biz tarixiy adolatsizlikni bartaraf etmoqdamiz. Biz nafaqat mamlakatimiz xalqlari tarixini qayta yozish, balki bu tarixni abadiy unutishga bo‘lgan urinishlarni yo‘q qilmoqdamiz”, — dedi Lavrov.
Ukrainadagi mojarodan so‘ng Boltiqbo‘yi davlatlari uchun xavf borligi haqida Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielius Landsbergis 22 yanvar kuni Bryusselda jurnalistlar bilan uchrashuvda gapirgandi. Bundan tashqari, NATO harbiy qo‘mitasi rahbari admiral Rob Bauer ham xuddi shunday fikrni bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi