Foto: AFP
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Xomanaiy AQSH bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvdan qochishni buyurdi. Bu haqda manbalarga tayanib, New York Times xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, hafta boshida Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan. Unda Suriya-Iordaniya chegarasidagi AQSH bazasida dron hujumi oqibatida uch nafar amerikalik askar halok bo‘lganidan keyin Vashington Eron yoki uning tarafdorlariga zarba bersa, Tehron ko‘rishi kerak bo‘lgan choralar muhokama qilingan. Vashington hujumda Iroq Islomiy qarshilik harakatining bir qismi bo‘lgan “Kataib Hizbulloh” guruhi ishtirok etganini taxmin qilmoqda.
“Ali Xomanaiyga uchrashuv natijalari haqida ma’lumot berilganida, u aniq buyruq bergan: AQSH bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri urushga kirishmaslik va Eronni amerikaliklarning o‘limiga aloqador bo‘lgan guruhlar harakatlaridan uzoqlashtirish”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda Islom respublikasining oliy rahnamosi AQSH Eronga hujum qilsa, javob zarbasiga tayyorgarlik ko‘rishni buyurgan. Eron qurolli kuchlari Iroq bilan chegarada ballistik raketalar joylashtirgan va havo hujumidan mudofaa tizimlarini faollashtirgan.
2023 yilning oktyabr oyida G‘azo sektorida Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan buyon AQSHning Iroq va Suriyadagi harbiy bazalariga raketa va dronlardan foydalangan hujumlar uyushtirildi. AQSH Isroil armiyasiga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etar ekan, shia jangarilari Iroq va Suriyadagi qurolli amaliyotlar sonini oshirishi haqida ogohlantirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi