Foto: The Kyiv independent
20 fevralga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari mamlakat janubi-sharqidagi Zaporoje viloyatiga yo‘naltirilgan Rossiya hujumlarini muvaffaqiyatli qaytarishga erishgan. Bu haqda Ukraina kuchlari bergan bayonotga asoslanib, CNN xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 20 fevral kuni tongda Ukraina Bosh shtabi tarqatgan ma’lumot qurolli kuchlar tomonidan Zaporoje viloyatidagi Malinivka va Robotin hududlariga yo‘naltirilgan Rossiyaning 11 ta yo‘nalishdagi hujumi to‘xtatilganini tasdiqlagan.
“Tun og‘ir o‘tdi. Zaporoje hududidagi barcha hujumlar qaytarildi. Ruslar yo‘q qilindi. Vaziyat nazorat ostida”, — deya vaziyatga munosabat bildirgan Ukraina G‘arb operativ qo‘mondonligi.
Rossiya so‘nggi hujumda ikkita S-300 raketalari, masofadan boshqariluvchi raketaga qarshi tizimlar va 23 ta hujumkor drondan foydalangan. Ukrainaga qarshi uchirilgan dronlar Xarkov, Poltava, Kirovograd, Dnepr, Zaporoje, Xerson va Nikolayev viloyatlari osmonida urib tushirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?