Foto: “BelTA”
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakati ehtimoliy urushga tayyor turishi kerakligini aytdi. Shu bilan birga, u belaruslarga konflikt kerak emasligini ta’kidladi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi.
Lukashenko milliy xavfsizlik tizimi davlat organlari rahbariyati bilan kengaytirilgan yig‘ilishda tegishli bayonotni bergan.
“Bizga urush kerak emas, shuning uchun unga ham ruhiy, ham strategik jihatdan tayyor bo‘lishimiz kerak. Ayni vaziyatning jiddiyligini anglashga kelsak, keling, global konfliktni diplomatik yo‘l bilan hal qilish imkoniyati haqidagi barcha illyuziyalardan voz kechaylik. Xalqaro huquq ham taranglikni yumshatishga qodir emas”, —deydi Lukashenko.
Belarus prezidentining ta’kidlashicha, G‘arb “yangi, ammo allaqachon AQSH va Yevropa Ittifoqi tomonidan nazorat qilinadigan mintaqaviy tashabbuslarni yaratishga” harakat qilmoqda.
“Reja nihoyatda ibtidoiy. Unga Polsha, Ruminiya, Vengriya va Slovakiyadan tashqari neytral Ukraina va Belarus ham kirishi kerak. Sharti Belarus Rossiyadan uziladi”, — deydi u.
2022 yil boshida Belarus prezidenti AQSHni urushga undayotganlikda ayblagan, bir ozdan keyin esa G‘arb “begona qo‘llar” bilan jang qilishga intilayotganini aytgandi.
2023 yilning sentyabrida Lukashenko Ukrainadagi urush sababli Belarus mudofaa bilan jiddiy shug‘ullanishi kerakligini ta’kidlagan.
2024 yil 7 fevral kuni Belarus prezidenti O‘zbekistonga kelgan edi. U va prezident Shavkat Mirziyoyev bilan tor doirada uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Tomonlar xalqaro tuzilmalar, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH, SHHT doirasidagi siyosiy muloqot va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga ahdlashib olgan. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 1 mlrd dollardan oshirish vazifasi qo‘yilgan. Tashrif davomida Aleksandr Lukashenko prezident bilan poytaxtdagi Texnoparkka, “Huma Arena”ga tashrif buyurib, Amirsoyda chang‘i uchishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda