Foto: Google Images
AQSH prezidenti Jo Bayden qariyb 153 ming talabaning federal ta’lim kreditlari bo‘yicha 1,2 milliard dollarlik qarzini kechib yubordi.
Qarz yukini kamaytirish Jo Baydenning saylovoldi kampaniyasining asosiy nuqtalaridan biri edi. AQSH prezidenti sifatidagi faoliyati davomida Bayden federal kredit dasturi doirasidagi ta’lim kreditlarini hisobdan chiqarish bo‘yicha yigirmadan ortiq farmonni imzolagan.
Kechagi qarordan keyin hisobdan chiqarilgan qarzlarning umumiy miqdori allaqachon 138 milliard dollarga yetgan va 3,9 million qarz oluvchini qamrab olgan. Bu uning 43 million qarzdor talabaning 400 milliard dollarlik qarzni kechish bo‘yicha dastlabki rejasidan ancha farqli bo‘lsa-da, hozirgi jami miqdor ham Jo Baydendan oldingi prezidentlar kechib yuborgan qarzlardan ancha yuqori.
O‘tgan yilning iyun oyida AQSH Oliy sudi Jo Bayden va uning atrofidagilarni o‘z vakolatlaridan chetga chiqib ketgan deb topib, 400 milliard dollarlik ta’lim kreditlarini hisobdan chiqarishni taqiqlagandi. Shuning uchun prezident ma’muriyat bu taqiqni chetlab o‘tish uchun qarzlarni kichik qismlarga bo‘lib hisobdan chiqarishni boshladi.
2023 yil sentyabr holatiga ko‘ra, AQSHda federal va xususiy kreditlar bo‘yicha talabalar qariyb 1,74 trillion dollar qarzdor edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!