297
Aleksandr Lukashenko: “Rossiyadagi saylov natijalari G‘arb aralashuvi ustidan g‘alaba qozondi”
Foto: “TASS”
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyadagi prezidentlik saylovlari natijalari G‘arbga Rossiyani ichkaridan yengib bo‘lmasligini ko‘rsatib berganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.
“Bu Rossiya ichidagi vaziyatni larzaga keltirmoqchi bo‘lgan G‘arbga jiddiy signal bo‘ldi. Ular agar olddan maqsadga erisha olmasalar, orqadan harakatga kirishadilar. Lekin baribir muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar”, — degan Belarus rahbari.
Lukashenkoga ko‘ra, hech kim Belarus va Rossiya xalqlarini hech narsaga majburlay olmaydi. Hech kimda bunday kuch va salohiyat yo‘q.
Belarus rahbari o‘z nutqida Rossiyada saylov jarayoni namunali tashkil etilganini maqtagan. Rossiya rahbari mamlakatga hali ko‘p kerak bo‘lishini ta’kidlagan.
“Prezident (Vladimir Putin) juda ko‘p ishlashi kerak edi, buni ko‘rdingiz. U butun Rossiya bo‘ylab sayohat qildi, turli joylarda bo‘ldi va rus xalqining savollariga javob berdi. Saylov jarayoni murakkab tarzda o‘tdi. Hali bu borada o‘rganadiganlarimiz ko‘p.
Xalq birlashdi, uyushdi. Odamlar vatanparvarlik ko‘rsatdi. Natija esa hammaga ayon. Bu biz uchun saboq bo‘ldi”, — degan Belarus Respublikasi rahbari Aleksandr Lukashenko. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda
Los Anjelesdagi yongʻin boy-u kambagʻalni birlashtirdi (foto)
Ukraina Rossiyaning Donesk oblastidagi qoʻmondonlik punktiga zarba berdi
Suriyaning yangi ma'muriyati rahbari bayonoti: ikki yil ichida 14 million suriyalikning qaytishi kutilmoqda
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi