Foto: RFI
Rossiya hukumati “Putiniston” kitobi muallifi, Ispaniyaning El Mundo gazetasi muxbiri Xaver Kolasni mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.
Xaver Kolasning vizasini uzaytirish rad etilgan, 19 mart kuni unga 24 soat ichida mamlakatni tark etish buyurilgan. Muayyan amaldor jurnalist itoatsizlik qilsa, uni muammolar kutayotganidan ogohlantirgan. Ertasi kuni Kolas Rossiyani tark etgan.
Bir necha oy oldin politsiya muxbirning Moskvadagi kvartirasini ko‘zdan kechirgan. Kolasdan urushga safarbar qilinganlarning xotinlarining aksiyasini yoritmaslik talab qilingan.
O‘zining Rossiyadan haydalishini izohlar ekan Kolas “shunchaki o‘z ishini bajarayotgani”ni ta’kidlab o‘tgan. Jumladan, nima bo‘layotgani haqida gapirgan, bundan qiynalayotgan odamlar bilan gaplashgan, sodir bo‘layotgan voqealarga kim mas’ul ekanini tushuntirgan. Jurnalist hech narsadan afsuslanmasligini ta’kidlagan.
“12 yil umringizni bir kechada uchta chamadonga solib, ertasi kuni bu kvartira siz uchun taqiqlangan hududga aylanishini bilib, eshikni yopish qiyin. Biz, muxbirlar, ruxsat etilgan joyda bo‘lamiz, lekin hech kimga nima deyish va nima demaslik kerakligini aytishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — deya xulosa qildi u.
Kolas Rossiya va Ukrainada jurnalist bo‘lib ishlagan, Yevromaydon davrida El Mundo‘ning maxsus muxbiri bo‘lib, Viktor Yanukovich hukumatining qulashi, Qrimning ishg‘ol etilishi, Donbassdagi urush va Ukrainaga keng miqyosli bosqin haqida xabar bergan.
Fevral oyida Kolas zamonaviy Rossiya haqidagi “Putiniston” kitobini chiqargan. Unda Ukrainadagi urushni “Putin loyihasiga to‘g‘ri kelmaydigan mamlakatni yo‘q qilish uchun qilingan salib yurishi” deb atagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi