Foto: Investopedia
Agar G‘arb davlatlari Ukrainaga qarz berishni to‘xtatsa, mamlakat kelasi yil boshidayoq bankrotga uchrashi mumkin. Bu haqda Jahon banki rasmiylari e’lon qilgan bayonotga asoslanib, “TASS” nashri xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 29 mart kuni Jahon banki ta’sis hay’ati yig‘ilishida Ukrainaga 1,5 milliard dollar hajmida mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilingan. Bankning Rossiya bo‘yicha idorasi rahbari ushbu qarz loyihasiga qarshi ovoz bergan.
Jahon banki bayonotida aytilishicha, Ukrainadagi iqtisodiy tanazzul va tashqi yordamning kamayib borayotgani o‘tkir muammolar yuzaga kelishini reallikka aylantirmoqda. Shu boisdan ham bank imtiyozli asosda Ukrainaga pul berishni davom ettirish kerakligini bildirgan. Aks holda, salbiy budjet va qarz foizlari girdobida qolgan Ukraina 2025 yilda to‘la defoltga uchrashi mumkin.
Manbada aytilishicha, Jahon banki boshqaruv rasmiylari Ukraina bilan hamkorlik xavfi nihoyatda yuqori ekanligini juda yaxshi tushunadi. Shu sababli, avvalgi tranzaksiyalarda bo‘lgani kabi Kiyevga so‘nggi yordam moliya tizimi donorlari bo‘lgan Yaponiya va Buyuk Britaniya tomonidan moliyalashtirildi.
Oldinroq, Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal shu hafta boshida Ukraina Jahon bankidan Buyuk Britaniya va Yaponiya kafolati ostida 1,5 milliard dollar kredit olishini e’lon qilgan edi. 29 mart kuni esa Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko va AQSHning Kiyevdagi elchisi Bridjit Brink davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvni imzolanganini xabar qilgan.
Ukraina hukumatini 2024 yilda 43,9 milliard dollarlik rekord darajadagi budjet kamomadi kutmoqda. Bu kamomadning asosiy qismini G‘arb hamkorlarining moliyaviy yordami bilan qoplash rejalashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi