13:00 / 16.04.2024
214

Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi

Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi
Foto: BBC
Germaniya kansleri Olaf Sholsning fikricha, Ukrainada urush hali uzoq davom etishi kutilmoqda. Bu haqda u Wochentaz nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Biz Ukrainani uzoq vaqt davomida qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan ta’minlashimizga to‘g‘ri keladi", — deydi kansler.
Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishni hozircha maqsadga muvofiq deb hisoblamaydi.

"Putin urushni to‘xtatib, qo‘shinlarni olib chiqish kerakligini tushunganida muzokaralar maqsadga muvofiq bo‘ladi", — deya ta’kidlagan Germaniya kansleri.

Shols o‘tmishda Putin bilan muzokara olib borganini, bu tanqidlarga sabab bo‘lganini aytgan. Kelgusida Rossiya rahbari bilan muzokaralar o‘tkazilishini istisno etmagan. Sholsning so‘zlariga ko‘ra, u Putin bilan oxirgi marta 2022 yil dekabrida suhbatlashgan.

Iyun oyi o‘rtalarida Shveysariyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti munosabati bilan Shols ushbu forumda Rossiyaga do‘st bo‘lgan Xitoy, Braziliya va Janubiy Afrika davlatlari ham ishtirok etishiga umid bildirgan.

Shols Germaniya mazkur anjumanga olib boruvchi jarayonni doimo qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi