Pekin sovuq urushga kirish niyatida emas, dedi XXR Markaziy harbiy kengashi (MQK) raisi o‘rinbosari Chjan Yusya.
«Xitoy xalqi tinchlik tarafdori va hech qanday davlat bilan sovuq urush olib borish niyatida emas, lekin mamlakatning hududiy suvereniteti buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi», — dedi u.
Chjan Yusya tomonlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik hali ham mavjudligini tan oldi va sovuq urush tafakkuridan voz kechishga chaqirdi. Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Harbiy Kengashi raisi o‘rinbosari hozirda kuch ishlatish siyosati o‘zini oqlamasligini aytadi.
Avvalroq Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi vakili Szin Syuan AQSH va Xitoy o‘rtasida yangi sovuq urush boshlanishi ehtimollarini rad etgandi.
Uning ta’kidlashicha, Xitoyda 1,4 milliardga yaqin aholi, ya’ni dunyo aholisining beshdan bir qismi, AQSHda esa 340 millionga yaqin fuqaro bor. Umuman olganda, ikki mamlakat aholisi butun sayyora aholisining deyarli to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi, shuning uchun qarama-qarshilik yuz bergan taqdirda yakun halokatli bo‘lishi mumkin, deya ogohlantirgan diplomat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi