Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer maktab o‘quvchisiga nisbatan tegajog‘lik qilganlikda gumonlanib ushlandi

Yaponiyaning Setagaya tumanida 45 yoshli o‘zbekistonlik oziq-ovqat kuryeri 10 yoshli maktab o‘quvchisiga nisbatan nomaqbul xatti-harakat qilganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Shueisha Online xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 5 iyul kuni soat 17:00 atrofida yuz bergan. Qiz uyda bo‘lmagan onasi buyurtma qilgan taomni olish uchun eshikni ochgan. Shundan so‘ng kuryer qizni quchoqlagani va unga nisbatan nomaqbul xatti-harakat qilgani gumon qilinmoqda.
Qizning o‘zi voqea haqida politsiyaga murojaat qilgan. Huquq-tartibot idoralari ro‘yxatga olish ma’lumotlari hamda kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni tekshirib, gumondorni aniqlagan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi aybiga iqror bo‘lgan. Shuningdek, u kuryerlik xizmatida soxta yapon fuqarosi nomidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi mumkinligi ham aytilmoqda.
Hozirda politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.































Izohlar 0
…