date
views 203

Shols: “Biz terrorizmga qarshi kurashamiz”

Shols: “Biz terrorizmga qarshi kurashamiz”
Foto: Bloomberg
Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakatda qonun va tartib o‘sishiga oid xavotirlarga javoban og‘ir jinoyatlar sodir etgan muhojirlarni o‘z vatanlariga deportatsiya qilishga va’da berdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Shuningdek, kansler yaqinda afg‘on tomonidan pichoqlangan nemis politsiyachining o‘limini terror harakat deb baholab, bunday siyosiy zo‘ravonliklarga toqat qilmasligini ta’kidlagan.

Biz terrorizmga qarshi kurashamiz”, — deya qo‘shimcha qilgan nemis kansleri.

Germaniya Yevroparlament saylovlari oldidan bir qancha zo‘ravonlik va siyosatchilarga qarshi hujumlarga duch keldi. Ayrim hujumlarda muhojirlar ishtirok etgani bois deportatsiya qoidalarini kuchaytirish talablari ilgari surilmoqda.

Shols hujumlar nemislar, xorijliklar, nasroniylar, musulmonlar yoki yahudiylarga qaratilganidan qat’i nazar, zo‘ravonlikka qarshi turishga va’da bergan. U, shuningdek, xavfsizlik erkinlik, demokratiya va qonun ustuvorligining asosi ekanini ta’kidlagan, 31 may kuni 25 yoshli asli afg‘onistonlik Mangeymda saylovoldi tashviqoti chog‘ida olti kishini, jumladan, 29 yoshli politsiyachini pichoqlab o‘ldirgan edi.

"Bunday jinoyatchilar Suriya yoki Afg‘onistondan kelgan bo‘lsa ham, deportatsiya qilinishi kerak", — dedi Germaniya kansleri.

Mamlakat IIVning hisobotiga ko‘ra, 2023 yilda 60 028 ta jinoyat qayd etilgan. Bu 2001 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich deb baholangan. Ekstremizm va antisemitizmning kuchayishi tufayli o‘tgan yilda siyosatchilarga nisbatan ham ochiq tajovuz avj olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shols: “Biz terrorizmga qarshi kurashamiz”