22:56 / 27.06.2024
162

Maldiv orollari vaziri prezidentga qora sehr ishlatganlikda ayblanmoqda

Maldiv orollari vaziri prezidentga qora sehr ishlatganlikda ayblanmoqda
Foto: Wikipedia
Maldiv orollarida davlat atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Fotimat Shamnaz Ali Salim hibsga olindi. Mahalliy matbuotning xabar berishicha, u prezident Muhammad Muizzga qarshi qora sehr ishlatganlikda ayblanmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, vazir bilan birga yana ikki kishi hibsga olingan — uning ukasi va sehrgarlikda gumonlanayotgan shaxs. Fotimat Shamnaz Ali Salim 7 sutkaga hibsga olingan. Biroq politsiya uning hibsga olinishining aniq sabablarini oshkor qilmagan.

Maldiv orollarida jodugarlik jinoyat hisoblanmaydi. Islom tarafdorlari uchun bu katta gunohdir. Biroq, orol xalqi an’anaviy, xususan, “omad keltiruvchi” va “raqiblarga zarar yetkazuvchi” marosimlarni bajarishda davom etmoqda. 2012 yilda muxolifat vakillari o‘z idoralarida tintuv o‘tkazayotgan politsiya xodimlariga “la’natlangan xo‘roz” uloqtirishgan.

2023 yil aprel oyida uchta qo‘shni 62 yoshli ayolni jodugarlikda ayblab, o‘ldirgan, deb xabar beradi Business Standard.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maldiv orollari vaziri prezidentga qora sehr ishlatganlikda ayblanmoqda