16:20 / 03.07.2024
141

Karib dengizi bo‘yidagi mamlakatlarda favqulodda vaziyat e’lon qilindi

Karib dengizi bo‘yidagi mamlakatlarda favqulodda vaziyat e’lon qilindi
Foto: Rikardo Mazalan / AP
Karib dengizi bo‘yidagi mamlakatlarda “Beril” to‘foni tufayli favqulodda vaziyat e’lon qilindi. Bu haqda Guardian nashri xabar berdi.

To‘fon xavfliligi darajasi bo‘yicha beshinchi darajaga ko‘tarilgan. Karib dengizi mayda orollari bo‘ylab vayrongarchiliklar sodir etgan “Beril” sikloni hozirda Hispaniola quruqligi tomon yo‘nalgan.

Karib dengizi bo‘ylab to‘fon oqibatida hozirga qadar kamida 4 kishi halok bo‘lgan. Chorshanba kuni tabiiy ofat Yamayka qirg‘oqlariga yetib kelib, aholi inshootlariga shikast yetkazgan.

AQSH Milliy bo‘ron markazi “Beril” to‘foni Yamayka va Kayman orollariga halokatli shamollar va hayot uchun xavf tug‘diruvchi siklonlar boshlab kelishidan ogohlantirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar Karib havzasida yuzlab binolar, jumladan, uylar, maktablar, shifoxonalar va politsiya bo‘limlari jiddiy shikastlangan yoki butunlay vayron bo‘lgan. Halokat xavfi e’lon qilingan hududlardan minglab fuqarolar ko‘chib ketgan.

Markaziy Amerikaning qator hududlarida elektr ta’minoti uzilib qolgan. Aloqa va transport kanallariga jiddiy shikast yetgan. Orollardagi vayrongarchilikning haqiqiy ko‘lami aniqlanmagan.

Eng halokatli yopirilish Grenada orolida kuzatilgan. Orolning 90 foizi va undagi inshootlar vayron bo‘lgan. Atigi ikki soat davom etgan to‘fon orolni yashash uchun yaroqsiz holga keltirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Karib dengizi bo‘yidagi mamlakatlarda favqulodda vaziyat e’lon qilindi
Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru