date
views 220

Makgregor Habib Nurmagomedovni terrorist deb atadi

Makgregor Habib Nurmagomedovni terrorist deb atadi
Foot: Getty Images
Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor UFC shon-shuhrat zali a’zosi rossiyalik Habib Nurmagomedovga nisbatan jiddiy fikr bildirdi.

Habib—terrorchi. U qochib ketgan davlatidan katta qarzdor”, — deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqlarida.
Keyinchalik Makgregor xabarni o‘chirib tashladi.

Ma’lumot uchun, Konor Makgregor va Habib Nurmagomedov o‘rtasidagi jang 2018 yilning noyabr oyida Nyu-Yorkda UFC—229 turnirida bo‘lib o‘tgan edi. Jang Habibning bo‘g‘ish usuli bilan erishilgan g‘alabasi bilan yakunlandi. Konor taslim bo‘lgach, sportchilar jamoalari o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi. Jangdan so‘ng Nevada shtati sport komissiyasi rossiyalik jangchini bir necha oyga diskvalifikatsiya qilgani ma’lum bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makgregor Habib Nurmagomedovni terrorist deb atadi