21:53 / 14.07.2024
67

Yaponiyada aholini har kuni kamida bir marta kulishga undaydigan qaror qabul qilindi

Yaponiyada aholini har kuni kamida bir marta kulishga undaydigan qaror qabul qilindi
Yaponiyaning Yamagata prefekturasi ma’muriyati aholi kuniga kamida bir marta bo‘lsa ham kulishi kerak bo‘lgan qarorni tasdiqladi. Bu haqda “Parvila jizni” nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur qaror loyihasi liberal-demokratik partiya tomonidan ilgari surilgan. Deputatlar tashabbusni mahalliy universitetlardan birining o‘rganish natijalari bilan asoslashdi. Aniqlanishicha, tez-tez kuladigan odamlarda erta o‘lim va yurak-qon tomir kasalliklari kamroq kuzatilar ekan.

Foto: The Asahi Shimbun
Hujjatda Yamagata prefekturasi aholisi jismoniy va psixologik salomatlikni mustahkamlash uchun kuniga kamida bir marta kulishga chaqirilgan. Shuningdek, ish beruvchilar ish joylarda kulgiga to‘la muhit yaratishga da’vat etilgan.

Yamagatada har oyning 8-kunini “aholining ruhiy va jismoniy salomatligini kulgi orqali mustahkamlash kuni” deb e’lon qilindi. Ushbu qaror ayrim deputatlar tomonidan tanqid ham qilingan: ular kasallik yoki boshqa sabablarga ko‘ra kulishi qiyin bo‘lgan odamlarning huquqlarini poymol qilish mumkinligini ta’kidlagan. Shu sababli odamlar kulishga majburlanmaydi.

Foto: Daily Mail
Yangi qarorda insonning shaxsiy qaroriga hurmat ko‘rsatilishi ta’kidlangan”, — deya tushuntirdi deputatlardan biri.

Bu kabi tashabbuslar avvalroq Yaponiyaning boshqa mintaqalarida ham qo‘llanilgan. Misol uchun, Xokkaydo prefekturasi 8 avgustni “Kulgi kuni” deb e’lon qilgan, Osakada esa kulgi orqali salomatlikni mustahkamlash dasturlari ishlab chiqilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada aholini har kuni kamida bir marta kulishga undaydigan qaror qabul qilindi