20:19 / 22.07.2024
44

Bayden maslahatchilari Kamala Harris Trampga qarshi tura olmasligini aytishmoqda

Bayden maslahatchilari Kamala Harris Trampga qarshi tura olmasligini aytishmoqda
Foto: Google Images
AQSH prezidenti Jo Bayden saylovoldi poygasidan chiqishga ikkilangan, chunki u va uning maslahatchilari Kamala Harrisning saylovda g‘alaba qozona olmasligidan xavotirda bo‘lgan. Ularning fikricha, Kamala Harris Donald Trampga qarshi tura olmasligi mumkin, deb yozadi Axios uchta manbaga tayanib.

Nashrning yozishicha, kelgusi hafta Demokratik partiyadan prezidentlikka yangi nomzod bo‘lgan Kamala Harris uchun hal qiluvchi bo‘ladi. Axios'ning aniqlik kiritishicha, siyosatchi uning nomzodligiga shubha qilayotgan partiya amaldorlarini ishontirishi kerak.

Nashr qayd etganidek, Bill va Hillari Klinton kabi ba’zi demokratlar Kamala Harrisni tezda qo‘llab-quvvatladilar. Ammo Vakillar Palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosi, Vakillar palatasining Demokratik partiyasi yetakchisi Xakim Jeffris, Senatdagi ko‘pchilik yetakchisi Chak Shumer va sobiq prezident Barak Obama kabilar Harris nomzodini qo‘llab-quvvatlashga shoshilishmayapti.

Eslatib o‘tamiz, so‘rovnomalarda Donald Tramp Jo Bayden va Kamala Harrisdan oldinda. Vashington Post gazetasi o‘tkazgan 11 ta so‘rovda o‘rtacha hisobda Tramp 1,5 foizga oldinda bo‘lgan.

Kecha, 21 iyul kuni AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini ma’lum qildi. Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz debatdan so‘ng Bayden tarafdorlari uni prezidentlik saylovidan voz kechishga chaqirishdi. Bayden Demokratik partiyadan vitse-prezident lavozimida ishlagan Kamala Harrisni nomzod sifatida ko‘rsatishni taklif qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden maslahatchilari Kamala Harris Trampga qarshi tura olmasligini aytishmoqda