15:09 / 23.07.2024
138

Polshada O‘zbekiston fuqarosi pichoq bilan ukrainaliklarga hujum qildi

Polshada O‘zbekiston fuqarosi pichoq bilan ukrainaliklarga hujum qildi
Foto: Wiadomosci
Varshavada o‘zbekistonlik yigit 15 yoshli ukrainalik ikki o‘smirga pichoq bilan hujum qilgani aytilmoqda. Bu haqda Gazeta Wyborcza xabar berdi.

Voqea 22 iyul kuni Brodno bog‘ida sodir bo‘lgan. O‘smirlar kasalxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli haqida ma’lumot yo‘q.

26 yoshli xorijlik 15 yoshli ikki nafar yigitni pichoqlagan, jabrlanuvchilar shifoxonaga olib ketilgan. Ularning qanday holatda ekanini ayta olmayman. O‘sha yerda politsiyachilar ishlamoqda. Biz hodisa holatlarini aniqlaymiz va hujum motivlarini tushuntiramiz. 26 yoshli erkak hibsga olingan”, deydi Varshava politsiya bosh boshqarmasi vakili.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli erkak O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Polsha radiosining xabar berishicha, ukrainalik o‘smirlar qo‘l va qorin qismidan jarohat olgan. Ularga hujum qilgan erkak qochish vaqtida buyumlarini yo‘qotib qo‘ygan, bu esa politsiyaga uni tezda topish imkonini bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polshada O‘zbekiston fuqarosi pichoq bilan ukrainaliklarga hujum qildi