12:01 / 25.07.2024
36

O‘zbekistonda Malayziyaning masofadan boshqariladigan qurilmalari dala sharoitida qo‘llanadi

O‘zbekistonda Malayziyaning masofadan boshqariladigan qurilmalari dala sharoitida qo‘llanadi
Foto: "Dunyo" AA
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillaridan iborat delegatsiyaning Malayziyaga tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Malayziya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vazirligi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xarita"sini ishlab chiqish, suv resurslarini boshqarish va suvdan foydalanish bo‘yicha malayziyalik mutaxassislar tomonidan mamlakatda treninglar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Malayziya qishloq xo‘jaligi tadqiqotlarini rivojlantirish instituti va O‘zbekiston Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida ushbu mamlakatning qurg‘oqchilikka chidamli va ertapishar sholi navlari urug‘larini tajriba tariqasida yurtimizda yetishtirish, sholini yangi navlarini yaratish, qurg‘oqchilikka chidamli genlarni topish bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishildi.

Malayziya qishloq xo‘jaligi marketingi agentligi mamlakatdan sarxil va quruq meva-sabzavotlar, poliz mahsulotlarini import qilishda o‘zining hamkor ulgurji savdo kompaniyalari va O‘zbekistonning eksportchi korxonalari o‘rtasida aloqalar o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Malayziyaning Meraque Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan masofadan boshqariladigan elektron va gibrid qurilmalarni dala sharoitida qo‘llanilishi bilan tanishdi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sinov maydonlarida tajriba o‘tkazish va keyinchalik bunday turdagi qurilmalarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish bo‘yicha fikr almashish uchun malayziyalik mutaxassislaridan iborat ishchi guruhni O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonda Malayziyaning masofadan boshqariladigan qurilmalari dala sharoitida qo‘llanadi