12:25 / 01.08.2024
107

Rossiya bahsli Kurill orollarida harbiy mashg‘ulotlar boshladi

Rossiya bahsli Kurill orollarida harbiy mashg‘ulotlar boshladi
Arxiv foto: m5dergi.com
Rossiya dengiz kuchlari bahsli Kurill orollari atrofida harbiy mashg‘ulotlar boshladi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu xabarni tasdiqlagan. Bevosita Kreml ko‘rsatmasi va sharqiy dengiz-mudofaa kuchlari ishtirokida mashg‘ulotlar boshlangani aytilgan.

Rossiya qo‘shinlari Matua orolida harbiy transport vositalarini harakatlantirish mashqlarini olib borgan. Orollar atrofida kamuflyaj mashqlari amalga oshirilgan.

Rossiya rasmiylari mashqlar odatiy yillik dastur doirasida amalga oshirilayotganini bildirgan. Manyovrlar doirasida ko‘plab dengiz harbiy kemalari ishini qayta ko‘rib chiqish ham rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Kurill orollari turkumiga kiruvchi 4 ta yirik orol Sovet qo‘shinlari tomonidan Ikkinchi jahon urushi yakunida egallab olingan. Orollar Xokkaydo provinsiyasiga yaqin bo‘lgani uchun Yaponiya hukumati doimiy ravishda ularga da’vo qilib keladi.

Rossiya hukumati boshqa barcha qo‘shnilaridan farqli ravishda Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi imzolamagan. Bu esa ikki tomonga ham keskinlik boshlash uchun cheklangan imkoniyat beradi.

Yaponiya Rossiya mashg‘ulotlarini strategik tahdid sifatida baholagan. Manyovrlarni tezda yakunlash va harbiy kontingentni dengizdan olib ketish so‘ralgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya bahsli Kurill orollarida harbiy mashg‘ulotlar boshladi