date
views 225

Tehron: Isroil «qizil chiziq»ni kesib o‘tgani uchun javob beradi

Tehron: Isroil «qizil chiziq»ni kesib o‘tgani uchun javob beradi
Foto: Global Look Press
Isroil Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyani Tehronda o‘ldirish orqali Eron bilan «katta qizil chiziqni kesib o‘tdi». Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bagiriy Pokiston tashqi ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida aytib o‘tdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Bageri Eron tomoni Tel-Aviv harakatlariga «qat’iy javob» berishi haqida ogohlantirgan.

Diplomat Haniya Tehronda Eron tomoni mehmoni sifatida bo‘lganini eslatdi. Uning ta’kidlashicha, Isroil hujumlari ko‘lami kengaygan va hozir Yaman, Livan va Tehronni qamrab olgan.

Eron diplomati islom dunyosi davlatlarini Isroilning mintaqadagi barqarorlikni izdan chiqaradigan va xavfsizlikka putur yetkazuvchi tajovuzkor harakatlari kuchayishiga qarshi turishga chaqirdi.

Bageri musulmon davlatlari vakillarining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni ham taklif qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tehron: Isroil «qizil chiziq»ni kesib o‘tgani uchun javob beradi