Eron Isroilga “qattiq zarba” haqida ogohlantirish berdi

Eron Isroilga “qattiq zarba” haqida ogohlantirish berdi

Eronning "Xotam al-Anbiyo" markaziy qo‘mondonligi Isroilga qarshi operatsiyalar “og‘riqli javob”dan keyin to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Bayonotda agar Isroil yana harbiy harakatlarni boshlasa, ayniqsa Janubiy Livanga hujumlarni davom ettirsa, Tehron ancha qattiq va vayronkor javob qaytarishi aytilgan.

Eron tomoni Livanga qarshi har qanday hujum Isroil hududiga raketa zarbalari bilan javob berish uchun asos bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Shu tariqa, vaziyatning keyingi rivoji Isroil rahbariyati qaroriga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar