Foto: kremlin.ru
Ukraina Qurolli kuchlari (UQK)ning Kursk viloyatidagi harbiy operatsiyasidan asosiy maqsad Donbassdagi Rossiya armiyasi hujumini to‘xtatishga urinishdir, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12 avgust, dushanba kuni xavfsizlik kuchlari rahbariyati bilan.tezkor yig‘ilishda.
Shu bilan birga, Putinning so‘zlariga ko‘ra, Kursk viloyatida sodir bo‘layotgan voqealar fonida Rossiya Qurolli kuchlarining butun front chizig‘i bo‘ylab hujum operatsiyalari sur’ati «nafaqat pasaymadi, balki aksincha, bir yarim barobar o‘sdi».
Ukraina Qurolli kuchlari hujumining boshqa maqsadlari qatorida, Rossiya prezidenti «jamiyatga nizo ekish va odamlarni qo‘rqitishga» urinishni, shuningdek, Kiyev muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlash istagini ta’kidladi.
Rossiya Ukraina Kursk viloyatidagi 28 ta aholi punktini nazorat qilayotganini tan oldi
12 avgust holatiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi hududidagi janglar va Ukraina nazorati zonasi taxminan 480 kvadrat kilometrni tashkil etadi, deya ta’kidlaydi mustaqil matbuot. Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, 28 ta aholi punkti Ukraina Qurolli kuchlari nazoratida.
Umuman olganda, gubernator vazifasini bajaruvchining so‘zlariga ko‘ra, Kursk viloyati chegara hududlarini 121 mingga yaqin aholi tark etgan. Ukraina nazoratidagi hududlarda 2000 nafar mahalliy aholining taqdiri noma’lumligicha qolyapti. Ukraina qurolli kuchlari hujumi paytida, Smirnov so‘zlariga ko‘ra, Kursk viloyatining 12 tinch fuqarosi halok bo‘lgan, 121 kishi, shu jumladan 10 bola yaralangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi