23:16 / 17.08.2024
85

AQSHda mayonez iforli atir ishlab chiqildi

AQSHda mayonez iforli atir ishlab chiqildi
Amerikaning Hellmann's nomli souslar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi mayonez iforidan ilhomlangan holda noodatiy atir taqdim etdi, deya xabar bermoqda Europa Plus. Will Levis No.8 atiri limon, qahva, muskus, vanil hamda mayonez iforlarini o‘zida birlashtiradi.

Foto: Europa Plus
Sizga yangi Will Levis No.8 ni taqdim etamiz. Hellmann's eksklyuziv iforni Tennessee Titans futbol jamoasining himoyachisi Uill Lyuis bilan hamkorlikda ishlab chiqdi va hozirda dunyodagi birinchi “Mayonez” deb nomlangan parfyumga aylandi”, deyiladi manbada.

Foto: Europa Plus
O‘tgan yili futbolchining qahvasiga Hellmann mayonezini qo‘shgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Buning uchun kompaniya sportchini butun umrga yetadigan miqdorda sous bilan ta’minlashga qaror qildi. Lyuisning o‘zi keyinroq mayonez qo‘shilgan qahva ichmasligini va videoni shunchaki hazil uchun suratga olganini tan oldi.

Foto: Europa Plus
Shunday bo‘lsa-da, sportchi o‘zining individual xususiyatlari aks etgan yangi iforni ishlab chiqishga jiddiy e’tibor berdi va Hellmann's kompaniyasi bilan hamkorlikda ishladi. Shunday qilib Uill Lyuis parfyumeriya ambassadoriga aylandi.

Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan avval kompaniya vakillari futbolchiga bir nechta sinov shaklidagi atirlarni tekshirib berishni so‘ragan. Lyuis fikricha, kompaniya yangi brend yaratish masalasini a’lo darajada bajargan va u o‘ylagandan ham yaxshiroq ifor ixtiro qilingan.

Hajmi 30 ml bo‘lgan Will Levis No.8 atirining ilk partiyasi bir necha kunda sotilib ketdi. Har bir flakonning narxi esa taxminan 80 dollarga baholangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo