Foto: NASA
Somon yo‘lida soatiga 1,6 million km tezlikda harakatlanuvchi noma’lum obyekt aniqlandi. Obyekt Yerdan 27 306 marta katta bo‘lib, u sayyoramizdan 400 yorug‘lik yilidan ko‘proq masofada aniqlangan.
Mutaxassislar haligacha samoviy jismni aniqlay olishmagan. Ularning taxminlariga ko‘ra, bu yadrodagi yadro sintezini qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli massaga ega bo‘lmagan kichik yulduz. Agar bu nazariya tasdiqlansa, obyekt xaotik, yuqori tezlikdagi orbita bo‘ylab harakatlanadigan birinchi jigarrang mitti yulduz bo‘ladi.
Obyektga CWISE J124909.08+362116.0 yoki CWISE J1249 ilmiy belgisi berilgan. Qizig‘i shundaki, u birinchi marta NASAning Worlds Beyond:Planet 9 loyihasida ishtirok etgan havaskor astronomlar tomonidan kashf etilgan.
Obyekt qanday qilib bunday yuqori tezlikka erishganligi noma’lumligicha qolmoqda. U yangi yulduzda boshqa yulduz portlagandan keyin ikkilik tizimdan uchib ketgan bo‘lishi mumkin. Boshqa versiyaga ko‘ra, CWISE J1249 zich yulduzlar to‘plami ichida yuzaga kelgan va qora tuynukning tortishish kuchi bilan u yerdan chiqarib tashlangan.
Tadqiqotchilar CWISE J1249 kelajagi uchun 100 ta ssenariyni sinab ko‘rgan. Ularning fikricha, obyekt Somon yo‘lini tark etib, noma’lum tomonga yo‘qolishi mumkin. Olimlar, shuningdek, uning kimyoviy tarkibi va elementar bazasini ochib berish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish niyatini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda