06:33 / 21.08.2024
199

AQSHning bir vaqtda bir nechta mojarolardagi aralashuvi uning mag‘lubiyatiga olib keladi

AQSHning bir vaqtda bir nechta mojarolardagi aralashuvi uning mag‘lubiyatiga olib keladi
Foto: GT
Amerika Qo‘shma Shtatlarining bir vaqtning o‘zida bir nechta qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etishi uning mag‘lubiyatiga olib keladi, deb yozadi Xitoyning Global Times (GT) nashri.

Nashrning qayd etishicha, tarix davomida bir necha jabhada urushlarda qatnashgan kuchlar tezda mag‘lub bo‘lgan.

"Qo‘shma Shtatlarda bir vaqtning o‘zida uchta — Ukraina, Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mojaroda ishtirok etish chaqiriqlari tobora ko‘paymoqda", deyiladi xabarda.

Nashrga ko‘ra, AQSH o‘z daromadlarini oshirish, qurol sotishni ko‘paytirish va tegishli harbiy sanoatda o‘sishni rag‘batlantirish uchun mojaroga intilmoqda.

"Urush ularning biznesi. Amerika qurol sotishi mumkin ekan, mojarolar oqibati haqida qayg‘urmaydi", deb yozadi GT.
Qayd etilishicha, Vashingtonning Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun resurslari tugab bormoqda. Isroilga yordam AQSHning xalqaro maydondagi obro‘sini sezilarli darajada yomonlashtirgan.

"AQSHning dushmani Rossiya yoki Xitoy emas, balki mamlakatning harbiy-sanoat majmuasi bo‘lib, unga yuzlab milliard va trillionlab dollarlar sarflanadi", deya xulosa qilgan xabar muallifi.

Avvalroq sobiq amerikalik razvedkachi Skott Ritter Qo‘shma Shtatlar Ukraina va Yaqin Sharqda yutqazayotganini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning pozitsiyasi juda qaltis, chunki “A rejasi ishlamayapti, B rejasi esa yo‘q”. Ritter dunyo yaqinda Qo‘shma Shtatlarning strategik mag‘lubiyatini ko‘rishiga ishonch bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning bir vaqtda bir nechta mojarolardagi aralashuvi uning mag‘lubiyatiga olib keladi