Foto: France Liva
Fransiyada olib borilgan tadqiqotlarda plastik baklajkalardagi Coca-Cola ichimligi tarkibida kamida 6 xil turdagi plastiklar aniqlandi. Bu haqda Agir pour l'Environnement tashkiloti xabar berdi.
Tadqiqotlar mikro va nanoplastiklarni aniqlashga ixtisoslashgan ikkita laboratoriyada o‘tkazilgan. Olimlar Schweppes va Coca-Cola gazli ichimliklarni 1, 10 va 20 marta ochgandan so‘ng undagi mikroplastik zarrachalar miqdorini o‘lchagan. Natijada baklajkalar qopqog‘i qanchalik ko‘p ochilsa, gazli ichimlikka shunchalik ko‘p mikroplastik zarrachalar tushgan.
Taxminan 20 marta ochilganidan keyin bir litr Cola ichida 46 tagacha mikroplastik bo‘laklari topilgan. Bundan tashqari, nanozarrachalar ham aniqlangan, ularning inson to‘qimalari bilan reaksiyaga kirishishi ehtimoli yuqori.
Tadqiqot o‘tkazgan Agir pour l'Environnement tashkiloti darhol Fransiyaning oziq-ovqat, atrof-muhit, salomatlik va xavfsizligi agentligi (ANSES) hamda Raqobat, iste’molchilar bilan ishlash va firibgarlikka qarshi kurash bosh boshqarmasiga (DGCCRF) murojaat qilib, tezkor surishtiruv o‘tkazishni talab qilgan.
Coca-Cola munosabati
Schweppes va Coca-Cola kompaniyasi vakillari mazkur tadqiqotga munosabat bildirgan. Kompaniyalar ichimlik idishlarining barchasi oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablarga javob berishini va mikroplastika, “agar u aniqlansa ham qasddan idishga kiritilmasligini” bildirgan.
“Hozirgi kunda plastik zarralarni yutish inson salomatligi uchun muammo tug‘dirishiga oid ilmiy dalillar yo‘q”, deya ta’kidlagan qilgan Coca-Cola kompaniyasi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi