
Foto: Global Look Press
Telegram asoschisi Pavel Durov Ozarboyjondan Parijga oʻz shaxshiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qoʻlga olingan.
Frantsiya huquq tartibot organlari Durovni "narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik"da ayblamoqda. Bunga sabab qilib Messenjerda moderatsiya yoʻqligi va qonunni himoya qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikdan bosh tortgani koʻrsatilmoqda.
Durovni tintuv qilishga izn beruvchi order u faqat Frantsiya hududida boʻlganda haqiqiy boʻlgan, deb xabar beradi TF1 telekanali. Durov Parijga oʻz oyoqlari bilan borgan va hibsga olingan.
Durovga nisbatan bir qator ayblovlar ilgari surilgan va Frantsiya fuqarosi sifatida sudlanishi aytilmoqda. Agar ayblari isbotlansa u 20 yilga qamalishi mumkin.
Boz ustiga, Frantsiya Durov ustidan oʻtkaziladigan sud jarayonidan Telegram'ga qarshi Evropa Ittifoqi sanktsiyalarini joriy qilish uchun foydalanishi mumkinligi aytilmoqda.
Durovning hibsga olinishi fonida unga tegishli TON kriptovalyutasi ham 15 foizga quladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar