11:31 / 29.08.2024
47

Latviyada ayollarga majburiy harbiy xizmat joriy etiladi

Latviyada ayollarga majburiy harbiy xizmat joriy etiladi
Foto: Latviya Mudofaa vazirligi
Latviya ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Andris Sprudsga tayanib, Delfi xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bunday o‘zgarishlar zudlik bilan amalga oshirilmaydi va ularni 2028 yilgacha joriy etish rejalashtirilgan.

Albatta, bu bugun yoki ertaga sodir bo‘lmaydi. Biroq, shu vaqtgacha barcha tayyorgarlik ishlarini bajarish lozim”, dedi u.
Latviya mudofaa vaziri bu borada boshlangan jamoatchilik muhokamasi davom etishi zarurligini aytdi.

Bu nafaqat koalitsiya masalasi, balki siyosiy partiyalar, parlament va butun jamiyatni qamrab oluvchi masaladir”, dedi Spruds.

U mamlakatda milliy mudofaa sifatini ta’minlash va zaxiradagi askarlarning ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilishi lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, tegishli jihozlar, xususan, ayollar uchun forma, qurol-aslaha va uskunalar tayyorlash zarurligini ham aytib o‘tdi.

Latviya Rossiyaning Ukrainaga hujumi fonida 2023 yilda majburiy harbiy xizmatga chaqiruvni qayta tikladi. Ayollar muddatli xizmatni ixtiyoriy ravishda o‘tashlari mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Latviyada ayollarga majburiy harbiy xizmat joriy etiladi