00:30 / 30.08.2024
38

Lukashenko: “Belarus faqat yomon niyat bilan kelganlar bilan jang qiladi”

Lukashenko: “Belarus faqat yomon niyat bilan kelganlar bilan jang qiladi”
Foto: “President.dov.by”
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarusdan tashqarida jangga borishga buyruq bermaganini va bermasligini ma’lum qildi.

Jahon OAVlaridan: “Ha, Lukashenko unday, bunday. Ertaga u buyruq beradi, u yerga borishadi” degan sharhlarni o‘qib, o‘zimni yomon his qilaman” deydi u.

Uning ta’kidlashicha, mamlakat chegarasidan tashqarida jang qilish bo‘yicha hech qanday buyruq bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham.

Bizga yomon niyat bilan kelganlaridagina urushamiz. Hammasi shu”, deya qo‘shimcha qilgan Lukashenko.

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin Lukashenko bir necha bor Belarus armiyasi harbiy amaliyotda ishtirok etmayotganini aytib, Minskdan hujum bo‘lishini istisno qilgan. Shunga qaramay, Belarus qo‘shinlarining chegarada guruhlanishi kuchaytirilgan.

Joriy yilning 13 iyulida Lukashenko Belarus-Ukraina chegarasida endi keskinlik yo‘qligini ma’lum qilgan va u yerdan qo‘shinlarni olib chiqishni buyurgan.

6 avgust kuni Ukraina armiyasining Rossiyaning Kursk viloyatiga hujumidan so‘ng Lukashenko yana Ukraina chegarasiga qo‘shin kiritishni buyurgan edi. Chegara hududlariga harbiy qismlar, maxsus operatsiya kuchlari, “Polonez” raketa tizimlari va “Iskandar” majmualari to‘plana boshlangan.

25 avgust kuni Ukraina TIV Minskdan “do‘stona bo‘lmagan harakatlarni to‘xtatishni va qo‘shinlarni Ukraina davlat chegarasidan uzoqroq masofaga olib chiqishni” talab qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko: “Belarus faqat yomon niyat bilan kelganlar bilan jang qiladi”