39
Munchner Merkur gazetasi Alisher Usmonov haqida e’lon qilgan maqolasidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanini tan oldi
Foto: Google Images
Germaniyaning Munchner Merkur gazetasi Ukraina Xavfsizlik xizmatiga tayanib, milliarder Alisher Usmonov haqida e’lon qilgan maqolasidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanini tan oldi.
Mazkur maqolada 2022 yilda qo‘lga olingan Usmonov kompaniyasiga tegishli temir rudasi partiyasi Rossiyaga noqonuniy olib o‘tilishi rejalashtirilgani va u Rossiya harbiy-sanoat kompleksi uchun mo‘ljallangani yozilgandi.
Tadbirkor Alisher Usmonovning advokatlari talabiga ko‘ra, ushbu va boshqa bayonotlar yozilgan tegishli maqola olib tashlandi. Bu haqda “TASS” agentligi Usmonovning vakiliga tayanib xabar berdi.
“Alisher Usmonov advokatlarining talabiga binoan Munchner Merkur nashri (Munchner Zeitungs-Verlag holdingiga tegishli) maqolani zudlik bilan o‘chirib tashladi va jazo qo‘llanishi mumkinligi ogohlantirilgan holda, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatishni taqiqlovchi bayonnomaga imzo chekdi. Ilgari ham xuddi shu jurnalist – Munchner Merkur muxbiri Klaus Vindl muallifligidagi tuhmatdan iborat ma’lumotlar bo‘lgan yana bir qancha maqolalar Alisher Usmonovning advokatlari talabiga binoan olib tashlangan”, deydi tadbirkor vakili.
Shuningdek, u 2022 yil fevral oyida Ukraina hukumati Rossiyadagi “Metalloinvest” korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan va uning xorijdagi xaridorlari uchun mo‘ljallangan temir rudasi xom ashyosining eksportiga to‘sqinlik qilganini eslatdi. Yuklar amaldagi shartnomalar, xususan, Yevropa va Osiyo iste’molchilari uchun Ukraina hududi orqali portga tranzitda bo‘lgan, biroq qonuniy asoslarsiz hibsga olingan.
O‘sha yilning dekabr oyida Ukraina Xavfsizlik xizmati Usmonov bilvosita aksiyadorlaridan biri bo‘lgan “Metalloinvest” holdingiga tegishli temir rudasi “yashirin omborlarda” saqlangani va uni Rossiya hududiga eksport qilish rejalashtirilgani haqida bayonot bergandi.
“Metalloinvest” Ukraina Xavfsizlik xizmatining bayonotini rasman inkor etib, “kompaniya hamkorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ataylab chalg‘itilayotgani” va “aslida chet ellik xaridorlar uchun mo‘ljallangan eski tijorat yuklari musodara qilingani haqida” bayonot berganiga qaramay, Munchner Merkur gazetasi o‘z maqolasida Ukraina Xavfsizlik xizmatining yolg‘on ma’lumotlarini e’lon qilgan, deb tushuntirdi agentlik suhbatdoshi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”