22:17 / 21.09.2024
42

Isroilning G‘azodagi maktabga hujumi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azodagi maktabga hujumi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
Foto: Reuters
Isroil armiyasi G‘azo sharqidagi tinch aholi tomonidan boshpana sifatida foydalanilayotgan Al-Zeytun maktabiga havo hujumi uyushtirdi.

Al-Jazira telekanaliga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi jarohatlangan. Isroil armiyasi G‘azo sharqida hech qanday operatsiya haqida xabar bermagan.

G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligi matbuot kotibi Mahmud Bassalning ma’lum qilishicha, qurbonlar ro‘yxatida sakkiz nafar bola bor, yaradorlarning aksariyati bolalar va ayollardir. Uning ta’kidlashicha, “minglab qochqinlar” mazkur maktabdan boshpana izlagan.

G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, so‘nggi 72 soat ichida Isroilning anklavga hujumi oqibatida kamida 119 nafar kishi halok bo‘lgan va yana 209 nafar kishi jarohatlangan. G‘azo sektorida halok bo‘lganlarning umumiy soni 41 391 kishiga yetgan, 95 760 nafari jarohatlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroilning G‘azodagi maktabga hujumi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi