Foto: AFP
Afg‘onistonda hokimiyat tepasida bo‘lgan “Tolibon” harakati Qozonda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sammitda ishtirok etish uchun Moskvaga yozma so‘rov yubordi.
Maktub Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovga yo‘llangan. Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy sammitda Afg‘onistonning amaldagi rasmiylari ishtirok etishi muhimligini ta’kidlagan.
“Biz sammitda yuqori darajadagi delegatsiya, jumladan Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari Abdul G‘ani Baradar, men hamda boshqa qatnashchilar qatori ishtirok etishdan manfaatdormiz”, deyiladi Aziziyning Ushakovga yo‘llagan maktubida.
Ariza haqidagi ma’lumotni Afg‘onistondagi Rossiya biznes markazi rahbari Rustam Xabibullin ham tasdiqlagan.
“Afg‘oniston hukumati 22—24 oktyabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida mamlakat oliy rahbariyatining ishtiroki uchun yozma ariza topshirdi”, deydi Xabibullin.
2021 yil avgust oyi boshida “Tolibon” afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirgan, 15 avgust kuni Kobulga kirib kelgan hamda ertasi kuni urush yakunlanganini e’lon qilgan. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida Amerika harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilayotgan afg‘onlarni ommaviy evakuatsiya qilish amalga oshirilgan.
Avgust oxirida amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, Afg‘onistondagi amerikalik harbiylarning qariyb 20 yillik faoliyatiga yakun yasagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi